Samarqand shahri dunyo taniydigan megapolisga aylandi

Prezident yana bir muhim tashabbusni ilgari surdi. Hozirga kelib Markaziy Osiyoda aholisi milliondan ortiq shaharlar 7 taga yetdi. Mintaqamizda poytaxtlar bilan bir qatorda, boshqa yirik shaharlar ham “oʼsish nuqtalari”ga aylanmoqda.
Bular orasida Samarqand va Namangan shaharlari ham bor. Ularning har birida aholi soni bir millionga yetmoqda.
Samarqand shahri dunyo taniydigan megapolisga, xalqaro turizm va biznes markaziga aylandi. Namangan ham sanoat, tadbirkorlik, taʼlim, madaniyat sohalarida mintaqaviy markaz sifatida oʼz oʼrnini topmoqda.
Shu bois, Samarqand va Namangan shaharlarini alohida maʼmuriy-hududiy birliklar sifatida respublika boʼysunuviga oʼtkazish taklif qilindi.






