Samarqand xalqaro aeroportida «Ochiq osmon» rejimi joriy etiladi

“Ochiq osmon” rejimi Samarqand xalqaro aeroportining texnik imkoniyatlarini inobatga olgan holda xalqaro huquq me’yorlariga muvofiq xorijiy aviakompaniyalar uchun reyslar va yo‘nalishlar bo‘yicha cheklovlarning bekor qilinishini anglatadi.
O'zbekiston turizm salohiyatini oshirish, yangi barpo etilgan Samarqand xalqaro aeroporti imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanish hamda aviatashuvlar bozorida raqobat muhitini rivojlantirish maqsadida, joriy yilning 1-oktabridan Samarqand xalqaro aeroportida “Ochiq osmon” rejimi joriy etiladi.
Endilikda xorijiy aviakompaniyalar havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimning mavjud yoki mavjud emasligidan qat’iy nazar Samarqand xalqaro aeroportiga aviaqatnovlarni amalga oshirishi mumkin bo’ladi.
Joriy yilning 1-oktabr sanasidan Samarqand xalqaro aeroportida yangi tartibning joriy etilganligi to‘g‘risida xorij avitasiya ma’muriyatlari o‘rnatilgan tartibda xabardor qilinadi.






