Samarqand xalqaro aeroportida turizm axborot markazi faoliyati yo’lga qo’yildi

Qayd etilishicha, turizm axborot markazida chet el fuqarolarining Oʼzbekiston Respublikasida boʼlish tartibi, turistlar uchun qiziqarli boʼlgan madaniy meros obyektlari, turistik yoʼnalishlar, jamoat transporti xizmatlari, avtomobil ijarasi, umumiy ovqatlanish, savdo va maishiy xizmat koʼrsatish, mehmonxonalar, tibbiy yordam markazlari va boshqalar boʼyicha batafsil maʼlumotlar taqdim etiladi.

Samarqand shahrida oʼtgan yili 9 ta turistik axborot markazi faoliyat koʼrsatgan boʼlsa, 2023-yilda ularning sonini 18 taga yetkazish rejalashtirilgan, deya xabar berilgan.

P.S. Samarqand joriy yilda Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) poytaxti bo’lib, UNWTO Bosh assambleyasining 25-sessiyasi ham Samarqandda oʼtkaziladi.