Samarqand – Yangi Oʼzbekistonning turizm darvozasi

“Samarqand viloyatining turizm va transport salohiyatidan samarali foydalanish, viloyatni “Samarqand – Yangi Oʼzbekistonning turizm darvozasi” kontseptsiyasi asosida rivojlantirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, “Samarqand – Yangi Oʼzbekistonning turizm darvozasi” targʼibot kampaniyasi yoʼlga qoʼyiladi.

2026-yil 1-yanvargacha tadbirkorlar:

    4 yulduzli va undan yuqori toifagali mehmonxona uchun zarur tovarlarni olib kirganda bojxona bojini toʼlashdan;
    Samarqand turistik markazida qurilish uchun “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimiga olib kiriladigan uskunalar uchun davriy bojxona toʼlovlarini toʼlashdan ozod etiladi.

2023-yilning 1-choragida Samarqand shahrida “Aviation & Logistics Forum” II xalqaro aviatsiya forumi oʼtkaziladi.

Samarqand turistik markazi hududida chet ellik shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʼkonlari tashkil etiladi.

2023-yil 1-sentabrgacha shaharlararo va xalqaro avtobus qatnovlari axborot texnologiyalari orqali yoʼlga qoʼyiladi. Mazkur tizimda:

    chiptalarni “Uzbus” platformasida xarid qilish tartibi;
    avtobuslarga GPS qurilmalarini oʼrnatish hamda monitoring qilish boʼyicha yagona platforma yaratiladi.

2023-yil 1-fevralgacha Аeroportda turizm axborot markazi tashkil qilinadi.

P.S. BMTning Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Аssambleyaning navbatdagi 25-sessiyasini Samarqand shahrida oʼtkazish belgilangan.