Samarqandda BMT Butunjahon turizm tashkiloti Bosh assambleyasining 25-sessiyasi o‘tkaziladi

O‘zbekiston hukumatining Samarqandda BMT Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasini yuqori darajada o‘tkazishga doir qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Qarorda «Silk Road Samarkand» xalqaro sayyohlik markazi va madaniy meros obyektlari, turizm, ekoturizm infratuzilmasini aks ettiruvchi foto va videomateriallar, «Samarqand — Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi» va boshqa mavzulardagi targ‘ibot materiallarini tayyorlash hamda keng tarqatish ko‘zda tutilgan.
Qayd etlishicha, sessiyada Shahrisabz shahri «2024-yil Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti turizm poytaxti» maqomi uchun nomzod sifatida taqdim etiladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2021-yilda Ispaniyaning Madrid shahrida bo‘lib o‘tgan UNWTO Bosh assambleyasining 24-sessiyasida tashkilotning 25-yubiley sessiyasiga mezbonlik qilish huquqini qo‘lga kiritgandi.
UNWTO Bosh assambleyasi ikki yilda bir marta o‘tkaziluvchi eng muhim turistik forum hisoblanadi. Hozirga qadar BMT oilasiga kiruvchi tashkilotlar Bosh assambleyasi O‘zbekistonda o‘tkazilmagan.






