Samarqanddagi ShHTga aʼzo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining majlisi Oʼzbekistonning tashkilotdagi raisligiga yakun yasaydi

Kelgusi haftada Samarqand Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining majlisiga mezbonlik qiladi. Ushbu tadbir ShHT yetakchilarining 2019-yildan buyon birinchi yuzma-yuz uchrashuvi boʼladi va Oʼzbekistonning tashkilotdagi raisligiga yakun yasaydi.
Oʼzbekiston raisligi davrida asosiy eʼtibor tashkilot doirasidagi hamkorlikning savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, sanoat kooperatsiyasini ilgari surish, transport-kommunikatsiya oʼzaro bogʼliqligini kengaytirish, raqamli transformatsiya va "yashil" iqtisodiyot, ShHTning xalqaro nufuzini mustahkamlash kabi eng muhim ustuvor yoʼnalishlariga qaratildi.






