Samsung o‘zining Galaxy Watch5 smart-soаtlariga yangi funksiya qo‘shadi
Ma’lumotlarga ko’ra, Samsung yangi Galaxy Watch5 smart-soatlariga termometr qo‘shish ustida ishlamoqda. Bu COVID-19 va isitmani keltirib chiqaradigan boshqa kasalliklarning dastlabki belgilarini aniqlash uchun foydali bo‘ladi.
Soatni termometr sensori bilan jihozlash yetarli emas. Bilakning teri haroratiga quyosh nuri kabi tashqi omillar kuchli ta’sir qiladi, bu esa tana haroratini aniq o‘lchashni qiyinlashtiradi. Shuning uchun Samsung va boshqa kompaniyalar (masalan, Apple) sensorni smart-soatlarga o‘rnatishdan voz kechishgan edi.
Koreya nashrining xabar berishicha, Samsung ushbu muammoni hal qilgan. Haqiqatan ham, tana haroratini o‘lchovchi sensor bu yilgi Samsungning taqiladigan qurilmalariga o‘rnatilishi mumkin, chunki kompaniya inson tana haroratini o‘lchashi mumkin bo‘lgan Galaxy Buds prototipini sinab ko‘rmoqda. Prototip quloq pardasi haroratini kuzatish uchun infraqizil sensordan foydalanadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Samsung Galaxy Watch5 seriyasi avgust oyida taqdim etiladi.