Sankt-Peterburg shahrida o'zbekistonlik tadbirkorlar bilan uchrashuv

Rossiya Federatsiyasida o'zbekistonlik mehnat migrantlariga zarur konsullik va huquqiy yordam ko'rsatish maqsadida, Sankt-Peterburgdagi bosh konsullik, tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va "O'zbekiston havo yo'llari" AJ ofislari vakillari Sankt-Peterburgdagi "Vionet" kompaniyasiga tashrif buyurib, bir guruh o'zbek tadbirkorlari bilan uchrashuv o'tkazdilar.

Yurtdoshlarimiz Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati hududida qurilish, tozalash, xosting, taksi xizmatlari, elektr jihozlari va mebel ishlab chiqarish sohalarida tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanadi. Ularning so'zlariga ko'ra, joriy yilda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida mingga yaqin O'zbekiston fuqarolari ishga jalb qilingan.

Uchrashuv davomida konsullik muassasalari faoliyati va mehnat migrantlariga ko'rsatiladigan xizmatlar turlari haqida ma'lumot berildi. Joriy yilning oktyabr oyida bo'lib o'tadigan prezidentlik saylovlarida bosh konsullikda saylov uchastkasi tashkil etildi.

Vatandoshlarimiz bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda mehnat migratsiyasi sohasidagi islohotlar, bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, World Skills Russia va Rossiya xalqlar do'stligi universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan o'quv kurslari haqida ma'lumot berildi, deya xabar beradi Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi matbuot xizmati.