«Sanoat ipotekasi» dasturini ishlab chiqish vazifasi topshirildi

Qurilish materiallari eksportini 2023-yilda 900 million dollarga yetkazish, ichki bozor uchun 5 trillion soʼmlik qoʼshimcha mahsulot ishlab chiqarish shartligi koʼrsatib oʼtildi.

Mutasaddilarga;

qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilar uchun kamida 7 yillik, 2 yil imtiyozli davr bilan “Sanoat ipotekasi” dasturini ishlab chiqish va bunga birinchi bosqichda 50 million dollar resurs yoʼnaltirish;
Nukus shahri, Buloqboshi, Qorovulbozor, Forish, Chust, Paxtachi, Sariosiyo, Oʼzbekiston tumanlarida qurilish materiallari industrial zonalarini tashkil etish;
Ispaniya, Italiya va Turkiyaning yetakchi korxonalari bilan muzokara oʼtkazib, Аngrenda chinni idishlar va santexnika buyumlari ishlab chiqarish klasterini tashkil qilish;
kelgusi yilda Navoiy, Samarqand va Toshkent viloyatlarida kaolindan klaster usulida tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish boʼyicha kamida 200 million dollarlik 10 ta loyihani ishga tushirish topshirildi.