Sardor Umurzakov Ozarbayjonning Favqulodda va Muxtor elchisini qabul qildi

2-iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. Umurzakov Ozarbayjon Respublikasining Favqulodda va Muxtor elchisi Huseyn Guliyevni qabul qildi.

Uchrashuv davomida o‘zaro savdo hajmini oshirish yo‘llari muhokama qilindi. Xususan, ikki mamlakat o'rtasida yaqin kelajakda tovar ayirboshlash hajmi 500 million dollarga yetishi mumkin.

O‘zaro yuk tashishni ko‘paytirish va ikki mamlakatning tranzit salohiyatini oshirish bo‘yicha qator masalalar ko‘rib chiqildi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va eksport qilishga yo‘naltirilgan qo‘shma agrologistik klasterlarni yaratish imkoniyatlari o‘rganildi.

Muzokaralar yakunida tomonlar respublikalar o'rtasidagi Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha rejalarni muhokama qildilar.