Sardor Umurzakov Qoraqalpog'iston va Xorazm viloyatidagi loyihalarning amalga oshirilishi bilan tanishdi

Videokonferensiya shaklida O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari S. Umurzakov Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida davlatimiz rahbarining so'nggi tashrifidan buyon amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Hududiy investitsiya dasturlari amalga oshirilishi ham o‘rganildi. Eslatib o‘tamiz, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2021-2022 yillarda umumiy qiymati 8,5 trln so‘mlik 652 investitsiya loyihasi amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, buning natijasida 12 198 yangi ish o‘rni yaratiladi. Xorazm viloyatida umumiy qiymati 9,3 trln so‘mlik 685 investitsiya loyihasi joriy etilib, 14 909 yangi ish o‘rni yaratiladi.
Tasdiqlangan loyihalarni hayotga tatbiq etish va yangi ishlab chiqarish ob’yektlarini ishga tushirishni tezlashtirish topshirildi. Tuman va shaharlarni kompleks rivojlantirishning hozirgi holati ham muhokama qilindi.






