Sardor Umurzakov Turkmaniston prezidenti bilan uchrashdi. Gaz ta'minoti masalasi ham muhokama qilindi

12-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzakov Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashdi.
Uchrashuvda tomonlar keyingi yillarda o‘zaro manfaatli ikki tomonlama hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilganini alohida ta'kidladilar. Turkmaniston va O‘zbekistonning mintaqaviy va global kun tartibidagi dolzarb masalalar, birinchi navbatda, global tinchlik va xavfsizlikni ta'minlash, Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha pozisiyalari yaqin va o‘xshashligi ta'kidlandi.
Ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishi savdo-iqtisodiy soha ekanligi qayd etildi. Shu nuqtai nazardan, tovar ayirboshlashning ijobiy dinamikasini saqlab qolish va o‘zaro tashriflar va muzokaralar chog‘ida erishilgan kelishuvlarni maqbul tarzda amalga oshirish zarurligi qayd etildi.
Qayd etilishicha, uchrashuv davomida tomonlar gaz ta’minoti masalasini ham muhokama qildilar.
Turkmaniston va O‘zbekiston o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini yanada oshirish, sarmoya kiritish, sanoat, transport, energetika, qishloq xo‘jaligi kabi sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun mustahkam salohiyatga ega.
Ta'kidlash joizki, ikki tomonlama munosabatlarning ajralmas qismi madaniy-gumanitar soha ham bo‘lib, bu borada yaqindan samarali aloqalar o‘rnatilgan.
Uchrashuv yakunida tomonlar strategik davlatlararo hamkorlik muvaffaqiyatli rivojlanishiga ishonch bildirdilar.






