Sardor Umurzakovga yordamchi tayinlandi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining sobiq birinchi oʼrinbosari Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi rahbarining yordamchisi lavozimiga tayinlandi. Sunnatilla Bekenov Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi rahbarining yordamchisi lavozimiga tayinlandi.

Maʼlumot o'rnida, Sunnatulla Bekenov 1971-yilda Qozogʼistonning Chimkent shahrida tugʼilgan.

U 2005-yilgacha “Oʼzbekiston Qimmatli qogʼozlar depozitariysi” davlat korxonasi bosh direktori sifatida faoliyat yuritgan. 2005-2007-yillarda Oʼzbekiston Moliya vaziri oʼrinbosari, Vazirlar Mahkamasining axborot-tahliliy departamenti boshligʼi, 2008-2009-yillarda Vazirlar Mahkamasi ijro apparati rahbari, 2009-2010 yillarda Iqtisodiyot vaziri sifatida ishlagan.

2010-2015+yillarda Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi sifatida ham faoliyat koʼrsatgan. 2015-yildan 2016-yilning dekabrigacha Tashkiliy-kadrlar masalasi boʼyicha Prezident davlat maslahatchisining birinchi oʼrinbosari sifatida ishlagan. 2016-yilning dekabrida Botir Xoʼjayev oʼrniga iqtisodiyot vaziri Galina Saidovaning birinchi oʼrinbosari lavozimiga tayinlangan.

U 2018-yilning fevralida Oʼzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʼyicha davlat qoʼmitasi raisining birinchi oʼrinbosari va 2019-yilning yanvarida Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri (oʼsha vaqtdagi vazir Sardor Umrzakov)ning birinchi oʼrinbosari etib tayinlangan.

U 2018-yilning fevralida Oʼzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʼyicha davlat qoʼmitasi raisining birinchi oʼrinbosari lavozimiga tayinlanadi va bu lavozimda 2019-yilgacha ishlaydi. 2019-yilning yanvarida sobiq investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakovga birinchi oʼrinbosar boʼladi.

2019-yilning sentabridan 2020-yilning dekabriga qadar esa Davlat aktivlarini boshqarish agentligi rahbari boʼlgan.