Saudiya Arabistoni o’tgan yili neft eksportidan 326 mlrd dollar daromad olgan

Bloomberg xabariga ko’ra, Saudiya Arabistonining 2022-yilda neft va neft mahsulotlari eksportidan tushgan daromadi 2012-yildan buyon maksimal darajaga ko‘tarildi. Mamlakatning neft eksportidan yillik daromadi 326 milliard dollarni tashkil etdi.
Qayd etilishicha, bu hukumatga qariyb o‘n yil ichida birinchi marta budjet profitsiti qayd etish imkonini berdi.
2022-yilning dekabr oyida Saudiya Arabistonining neft va neft mahsulotlari eksportidan tushumlari oltinchi oy ketma-ket pasaydi va 2022-yil boshidan beri eng past ko‘rsatkichga tushdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, dekabr oyida Ar-Riyod neft va neft mahsulotlarini eksport qilishdan 85,5 milliard riyol (22,8 milliard dollar) daromad olgan.






