Saudiya Arabistoni Qirolligi tashqi ishlar davlat vaziri bilan videokonferensiya bo'lib o'tdi

2021-yilning 23-avgust kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Saudiya Arabiston Qirolligining tashqi ishlar vaziri Adel Al-Jubeyr bilan videokonferensiya shaklida muloqot o'tkazdi.

O'zbekistonning Saudiya Arabistoni Qirolligi bilan o'zaro manfaatli sohalardagi hamkorligi istiqbollari muhokama qilindi.
Suhbat chog'ida Afg'onistondagi vaziyat va voqealar rivoji muhokama qilindi. Shuningdek, xalqaro tashkilotlar doirasida tomonlarning o'zaro hamkorligi masalalari ham muhokama qilindi.

Navbatdagi qo'shma tadbirlar jadvali ham ko'rib chiqildi.