Saudiyalik ayollar endi chegara qoʼshinlarida xizmat qilishlari mumkin

Saudiya Аrabistoni Ichki ishlar vazirligi chegara qoʼshinlariga oddiy harbiy xizmatchi boʼlgan ayollarni qabul qilish va roʼyxatga olishni boshlaganini eʼlon qildi.
Vazirlikning Markaziy Qabul Bosh boshqarmasi maʼlum qilishicha, xizmatga arizalar 26-mart soat 10:00 dan 31-mart 10:00 ga qadar Аbsher portalidagi ish oʼrinlari boʼlimi orqali qabul qilinadi.
P.S. Saudiya Аrabistoni qurolli kuchlarida toʼliq ayollardan tashkil topgan birinchi harbiy boʼlinma paydo boʼldi. Podshohlikda ayollarga qurolli kuchlar safiga kirishga 2019-yil oktabrda ruxsat berilgan. Saudiyalik ayollar quruqlikdagi qoʼshinlar, harbiy-havo va harbiy-dengiz kuchlari, havo hujumiga qarshi mudofaa kuchlari, tibbiy xizmat va raketa qoʼshinlarida kichik kapral, serjant va shtab serjantlari sifatida xizmat qila olish imkoni yaratilgan.






