Toshkent va Ostona savdo aylanmasi $10 milliardga yetkaziladi

Oxirgi yillarda Toshkent va Ostona o'rtasidagi tovar aylanmasi ikki baravardan koʻproqqa oshgan va yil oxiriga kelib 5 milliardga yetadi, deb Oʻzbekiston-Qozogʻiston biznes-forumida ma'lum qildi Oʻzbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev.
Shuningdek, uning taʼkidlashicha, respublikada hozirda Qozogʻiston kapitali ishtirokidagi 1200 ga yaqin korxona faoliyat koʻrsatmoqda.
«Ta’kidlashni istardimki, besh yil avval bu ko‘rsatkich deyarli 6 baravar kam edi. Joriy yilning atigi 9 oyida 130 ta qo‘shma korxona tashkil etildi», — dedi vazir.
Eslatib o'tamiz, Toshkentda Oʻzbekiston-Qozogʻiston biznes-forumi oʻz ishini boshladi. Ushbu forum Tokayevning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida bo'lib o'tmoqda.






