Savdo-sanoat palatasi Raisi va Estoniyaning O’zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi

Joriy yilning 28-mart kuni Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi D.Vahabov qarorgohi Nur-Sulton shahrida joylashgan Estoniya Respublikasining Oʼzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Toomas Tirs bilan uchrashdi.

Unda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik, shuningdek, Oʼzbekiston va Estoniya oʼrtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda xorij tomoniga mamlakatimizning iqtisodiy imkoniyatlari va sarmoyaviy salohiyati haqida maʼlumot berildi. Mamlakatimizda axborot texnologiyalarini rivojlantirishga qaratilayotgan eʼtibor haqida alohida toʼhtalib oʼtildi.

Shuningdek, toʼqimachilik sanoati, axborot texnologiyalari, qishloq xoʼjaligi sohalarida tajriba almashish boʼyicha hamkorlik qilish zarurligi qayd etildi. Oʼz navbatida, Estoniya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi T.Tirs soʼnggi yillarda Estoniya va Oʼzbekiston oʼrtasidagi munosabatlarda ijobiy tendetsiya kuzatilayotganini taʼkidladi. Iqtisodiyot va madaniyat sohalaridagi aloqalar sezilarli darajada faollashdi.

Shuningdek, u ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash va umuman, iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, ikki mamlakat Savdo-sanoat palatalarining oʼzaro hamkorligini talab etishi hamda tashkilotlar ikki mamlakat ishbilarmonlari uchun asosiy platformasi ekanligini qayd etdi.

Shu munosabat bilan ikki mamlakat ishbilarmon doiralari oʼrtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.