Savdo va investitsiyalar rivoji ShHTning asosiy omillaridan biridir

Ayni damda Samarqanddagi Kongress markazida Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo Davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan tartibdagi majlisi davom etmoqda.

Unda Davlatimiz rahbari nutqi davomida Oʻzbekistonda ShHT davlatlarining biznes hamkorligi haftaligini oʻtkazishni hamda kelasi yilda ShHTning oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkazishni taklif qildi.

Bundan tashqari Prezidentimiz savdo va investitsiyalar, ularning rivojlanishi ShHTning asosiy omillaridan biri ekanini qayd etdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti o’z nutqida ShHT Iqlim kengashini tuzish va Termiz-Mozori Sharif-Kobul-Peshovar yo‘li qurilishini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.