Savdoni moliyalashtirish va savdoni rivojlantirish istiqbollari

ITB guruhining 46-yillik yig'ilishi doirasida MDH mintaqasidagi hamkor tashkilotlar uchun ITFC va ITB ishtirokida panel sessiyasi bo'lib o'tdi.

Tadbir davomida qator davlatlaridagi ITFC ning faoliyati va muvaffaqiyatli loyihalari, Islom savdo moliyasini kengaytirish, moliyaviy sektorni rivojlantirish va mintaqaviy savdoni faollashtirish istiqbollari muhokama qilindi.

O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari S. Umurzakov o'z nutqida - "ITFC bilan hamkorlik mavjud to'siqlarni bartaraf etishga xizmat qilishi mumkin. Bizning yaqin hamkorligimiz eksportchilarimizga xalqaro savdoni osonlashtiradigan yangi moliyaviy vositalardan qulay foydalanish imkonini beradi, Islom taraqqiyot banki va MDH guruhiga a'zo davlatlar bilan savdo-sotiqni mustahkamlaydi va kengaytiradi, deb ishonamiz.»

Sessiya yakunlariga ko'ra, ITFC va Trastbank o'rtasida 15 million dollarlik savdo moliyalashtirish liniyasini ochish to'g'risidagi bitim, shuningdek, ITFC va Turonbank o'rtasida xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga (IFSO) muvofiq hisobotlarni joriy etishda texnik yordam ko'rsatish to'g'risidagi bitim imzolandi.