Saylov va gender: siyosat sohasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xalqaro va milliy amaliyot

Markaziy saylov komissiyasi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi hamkorlikda “Saylov va gender: siyosat sohasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xalqaro va milliy amaliyot” seminarlarga start berildi.

Mazkur loyiha doirasidagi 2021 yilda amalga oshiriladigan tadbirlar prezident saylovi kampaniyasi davrida hamkorlik qilishga qaratilgan bo‘lib, saylov jarayonining shaffofligi va inklyuzivligini ta’minlash, ayollar, yoshlar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning saylovda faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarga qaratilmoqda.

O‘quv seminarlari turkumini boshlash marosimida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Z.Nizamxodjayev, Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchisi K.Obolenskiy, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili M.Dimovska, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari G.Marufova ishtirok etdi.

Bugungi kunga kelib sohaga oid 25 ta qonun hujjatlari qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tarkibida Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi kabi yangi tuzilmalarni tashkil etilishi O‘zbekistonda ayollar huquqlari, gender tengligi ta’minlashning yagona yaxlit mexanizmiga aylandi.