Saylovdan oldingi so‘rovlar: so'rvonomadagilarning 49,8 foizi Erdo‘g‘anga ovoz berishga tayyor

"Areda Survey" tadqiqot kompaniyasi fuqarolar o‘rtasida “Agar prezidentlik saylovi shu yakshanba kuni o‘tkazilsa, qaysi nomzodga ovoz bergan bo‘lardingiz?” va "Agar shu yakshanba kuni umumiy saylov bo'lsa, qaysi partiyaga ovoz bergan bo'lardingiz?" savollari bilan yangi so‘rov o‘tkazdi:

—Prezident Erdo'g’an 49,8 foiz ovoz bilan so'rovnomada yetakchilik qildi.

"Agar prezidentlik saylovlari shu yakshanba kuni o'tkazilsa, qaysi nomzodga ovoz bergan bo'lardingiz?" savol berilgan 3000 kishining 49,8 foizi Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga ishonch bildirgan.

Kemal Kilichdarog'lu 21,7 foiz bilan ikkinchi, Mansur Yavash esa 9,6 foiz bilan uchinchi bo'ldi.

—Adolat va taraqqiyot partiyasiga 38,5 foiz ovoz berilgan.

"Agar shu yakshanba kuni umumiy saylov bo'lsa, qaysi partiyaga ovoz bergan bo'lardingiz?" savol berilgan 3 ming kishining 38,5 foizi AK Partiyasini afzal ko'rdi.

Ikkinchi o‘rinda 22,8 foiz bilan CHP, uchinchi o‘rinda 10,5 foiz bilan HDP, to‘rtinchi o‘rinda esa 10,4 foiz bilan İYİ Partiyasi.