Saylovga ajratilgan 300 mlrd qanday taqsimlanmoqda?

Xabaringiz bor, joriy yilning 24 oktabr kuni yurtimiz siyosiy hayotidagi muhim hodisa, O'zbekiston Respublikasi prezidenti saylovi bo'lib o'tadi. Ushbu saylovga ajratilgan mablag' qanday taqsimlanayotgani barchamizga qiziq savol bo'lib turibdi. 

Jami 300 mlrd so'm davlat byudjetidan ajratilgan bo'lib, quyidagi faoliyat uchun taqsimlangan:

- Byudjetning asosiy qismi, ya'ni 267,6 mlrd so'm Okrug va uchastkalar faoliyatini tashkil qilish uchun ajratildi.
- Partiyalarning xarajatlariga esa 15,5 mlrd so'm taqsimlandi. 
- Markaziy saylov komissiyasi xarajatlari uchun 10,5 mlrd so'm ajratildi.
- Byudjetni qolgan 6,4 mlrd so'm miqdori esa boshqa davlat organlari xarajatlari uchun ajratildi. 

Foiz ko'rsatgichlarida taqsimlash:
- Byudjetning 45-55% foizi saylov komissiyalari a'zolari ish haqi va kompensatsiya to'lovlari uchun.
- Okrug va uchastka saylov komissiyalarini jixozlashga 25-30% ajratildi.
- Targ'ibot tashviqot materiallarini tayyorlash xarajatlari uchun 8-10% mablag'.
- Logistika va maxsus aloqa xizmatlari uchun 2-4%
- Informatsion kampaniya uchun 1-3% ajratildi.