Sayyohlarning yetishmasligi Barselonadagi ko'chmas mulk bozoriga ta'sir qildi

2021 yil aprel oyida Kataloniya davlatida kvadrat metr uchun o'rtacha oylik ijara haqi o'tgan yilning aprel oyiga nisbatan 16,5 foizga kamaydi va oyiga har kvadrat metr uchun 14,50 yevroga teng bo'ldi.


Ijara narxlari keskin tushib ketdi, bunga sabab pandemiya tufayli sayyohlar yetishmasligi bo’ldi. Bu Barselona ko’chmas mulk bozoriga qattiq ta’sir ko’rsatdi. 


Biroq, ijara narxlarining pasayishi nafaqat pandemiya va karantin bilan bog'liq. Kataloniya yangi chegaraviy qonunlarni joriy etdi va mulkning kattaligi, joylashuvi va holatiga qarab olinadigan o'rtacha ijara haqini belgiladi.


Uy-joy stavkalarining pasayishi bilan bir qatorda, odamlar yana bir muammoga duch kelishdi: kelmagan sayyohlarga tegishli bo’lgan ko'plab kvartiralar giyohvand moddalar uyalariga aylana boshladi. Bu bilan shug’ullanuvchi odamlarni skvotterlar deb atashadi.


Ko'pincha, skvotterlar qonuniy egalaridan pul undirishadi. Buning natijasida "bosqinchilarni" chiqarib yuboradigan va o'z xizmatlarini 3000-6000 yevro oralig'ida so'raydigan professional kompaniyalar paydo bo'ldi.