Intellektual mulk ob’yektlari to‘g‘risidagi Qonun muhokama markazida

Oliy Majlis Senati Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasining yig’ilishida “Intellektual mulk ob’yektlarining huquqiy muhofazasi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni muhokama markazida bo‘ldi.

Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi, “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi, “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi hamda “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi qonunlarning ijro etilishi holati, huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi yuzasidan amalga oshirilgan monitoring natijalari ko‘rib chiqildi.