Senat Raisi MDH Parlament Assambleyasi Kengashi majlisida ishtirok etdi

2021 yil 25 noyabr kuni MDH PA Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Kengash a’zolari tashkilotning 53 yalpi majlisi kun tartibi, shuningdek, 2022 yilga mo‘ljallangan ish rejasini muhokama qildilar.
So‘ngra parlament a’zolari Hamdo‘stlik makonida bo‘lib o‘tgan saylovlar, shu jumladan, 2021 yil 24 oktabrda o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi monitoringi natijalarini ko‘rib chiqdilar.
Majlisda O‘zbekiston Prezidenti sayloviga yuqori baho berildi. MDH PA Kengashi vakillarining fikrlariga ko‘ra, saylov xalqaro andozalarga muvofiq ochiq, demokratik va shaffof o‘tgan.
Qayd etilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Q.Burxonov boshchiligidagi monitoring guruhi tashkil etilib, tarkibiga 75 nafar xalqaro kuzatuvchi kiritilgan.
Majlisda Oliy Majlis Senati Raisi T.Narbayeva ishtirok etdi va nutq so‘zladi.
So‘ngra MDH Davlat rahbarlari kengashining 2021 yil 15 oktabr va MDH Hukumat rahbarlari kengashining 2021 yil 12 noyabrdagi qarorlari yuzasidan axborot eshitildi.






