Senat Raisi Whiteshield Partners kompaniyasi direktori bilan uchrashdi

Oliy Majlis Senati Raisi, Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʼyicha respublika kengashi raisi Tanzila Narbayeva Samarqand shahrida “Inson manfaatlarini iqtisodiy islohotlarning bosh mazmuniga aylantirish” mavzusida oʼtkazilayotgan Oʼzbekiston iqtisodiy forumi doirasida Whiteshield Partners kompaniyasi direktori Irina Bokova bilan uchrashdi.
Maʼlumot oʼrnida ta’kidlash joizki, “Whiteshield partners” – konsalting kompaniyasi global strategiya va davlat siyosatini ishlab chiqishga ixtisoslashgan tashkilot hisoblanadi.
Uchrashuvda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning xalqaro reytinglarga taʼsiri va kelajakda koʼzda tutilayotgan rejalar yuzasidan fikr almashildi.
Oʼzbekistonning xalqaro reytingini yaxshilash boʼyicha Milliy kun tartibini ishlab chiqish va uni amalga oshirish boʼyicha Whiteshield Partners tomonidan milliy kun tartibi guruhlarini yaratish boʼyicha takliflar ishlab chiqilgani maʼlum qilindi.
Taʼkidlanganidek, hozirda ishlab chiqilayotgan Milliy reytinglar kun tartibi Oʼzbekistonning xalqaro reytinglardagi oʼrnini yaxshilash uchun zarur boʼlgan qisqa muddatli chora-tadbirlar va uzoq muddatli tarkibiy islohotlar majmuasini oʼz ichiga oladi.






