Senat Raisining XXR Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qoʼmitasi Raisi bilan onlayn-uchrashuvi bo'lib o'tdi

Joriy yilning 6-iyul kuni Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayevaning Xitoy Xalq Respublikasi Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qoʼmitasi Raisi Li Chjanshu bilan onlayn-uchrashuvi boʼlib oʼtdi.
Muloqot davomida tomonlar Oʼzbekiston Respublikasi va XXR oʼrtasidagi strategik hamkorlik aloqalarini har tomonlama mustahkamlash hamda oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirishda mamlakatlar parlamentlarining oʼzaro hamkorligini kuchaytirish masalalariga alohida urgʼu berishdi.
Shuningdek, joriy yilda Oʼzbekiston Respublikasining ShHTga raisligi doirasida parlamentlararo hamkorlik masalalari koʼrib chiqildi.
Uchrashuv soʼnggida Oʼzbekiston Oliy Majlisi Senati va Butunxitoy xalq vakillari kengashi oʼrtasidagi aloqalarni yanada faollashtirishga kelishib olindi.






