Senatda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki direktori oʼrinbosari bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi

Joriy yil 26-may kuni Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʼrinbosari Sodiq Safoyevning Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki direktori oʼrinbosari, katta siyosiy maslahatchisi Jonatan Аves bilan uchrashuvi boʼlib oʼtdi.
Uchrashuvda YeTTB va Oʼzbekiston oʼrtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va chuqurlashtirish istiqbollari muhokama qilindi.
YeTTB delegatsiyasi rahbari Oʼzbekistonda aholi turmush darajasini oshirish, kambagʼallikni kamaytirish, gender tenglikni taʼminlashga qaratilgan oʼzgarishlar va islohotlar koʼlamini alohida taʼkidlab oʼtdi.
Tomonlar soʼnggi yillarda Oʼzbekiston va YeTTB oʼrtasidagi hamkorlik yuqori darajaga koʼtarilganini qayd etdi.
Jonatan Аves YeTTB Yangi Oʼzbekistonning taraqqiyot strategiyasi maqsadlariga erishishda har tomonlama koʼmak berishga tayyor ekanligini tasdiqladi.
Uchrashuv yakunlari boʼyicha oʼzaro manfaatli sohalarda samarali hamkorlikni davom ettirish boʼyicha kelishuvga erishildi.






