Senatning 36-yalpi majlisi 27-dekabrda chaqiriladi

23-dekabr kuni Oliy Majlis Senati Kengashining navbatdagi majlisi o’tkazilib, uni Senat Raisi Tanzila Narbayeva olib bordi. Majlisda Senatning oʼttiz oltinchi yalpi majlisini 2022-yil 27-dekabr kuni chaqirish toʼgʼrisida qaror qabul qilindi.

Qayd etilishicha, videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda boʼlib oʼtadigan navbatdagi yalpi majlisda bir qator masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʼzbekiston xalqiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan ustuvor yoʼnalishlar, shuningdek, “2023 -yil uchun Oʼzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʼgʼrisida”gi, “2022-yil uchun Oʼzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonuniga oʼzgartishlar kiritish haqida”gi, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʼgʼrisida”gi, “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish toʼgʼrisida”gi, “Аlkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʼgʼrisida”gi qonunlar shular jumlasidandir.

Shu bilan birga navbatdagi yalpi majlisda “Texnik jihatdan tartibga solish toʼgʼrisida”gi va “Oʼzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati oʼrtasida mahkumlarni topshirish toʼgʼrisidagi bitimni (Toshkent, 2022 yil 29 mart) ratifikatsiya qilish haqida”gi hamda “Oʼzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʼshimcha va oʼzgartishlar kiritish toʼgʼrisida”gi qonunlarni ham koʼrib chiqish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, senatorlar tomonidan mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʼyicha belgilangan loyihalar yuzasidan amalga oshirilgan ishlar hamda 2030-yilga qadar Oʼzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasining 2022-yildagi ijrosi hamda uni amalga oshirish boʼyicha 2023-yilga moʼljallangan chora-tadbirlarni tasdiqlash masalasi ham muhokama qilinadi.