Senatning navbatdagi yalpi majlisida «Izmir Shartnomasini ratifikatsiya qilish haqida»gi qonun ko’rib chiqiladi

Senat Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligida bo’lib o’tgan Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining navbatdagi majlisida Senatning 35-yalpi majlisini 2022-yil 18-noyabr kuni chaqirish toʼgʼrisida qaror qabul qilindi.

Qayd etilganidek, navbatdagi yalpi majlisda bir qator masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.

MDH PАning 2022-yil 27-28-oktabr kunlari Samarqandda oʼtkazilgan kuzgi sessiyasi yakunlari, “Davlat boji toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonuniga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish haqida”gi, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʼshimcha va oʼzgartishlar kiritish haqida”gi, “Korporativ boshqaruv tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʼzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida”gi, “Oʼzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida”gi qonunlar shular jumlasidandir.

Shuningdek, navbatdagi yalpi majlisda “Oʼzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida”gi, “Izmir Shartnomasini (Izmir, 1996-yil 14-sentabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi hamda “Oʼzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati oʼrtasida harbiy hadli Bitimni (Toshkent, 2022-yil 29-mart) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunlarni ham koʼrib chiqish rejalashtirilgan.

Yalpi majlis doirasida Oʼzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining oʼrinbosarini saylash, shuningdek Oliy Majlis Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash toʼgʼrisidagi masalalarni koʼrib chiqish ham nazarda tutilgan.