Senatorlar hududlarda

Joriy yilning 12-16-iyul kunlari Senatda doimiy asosda ishlovchi senatorlar Qoraqalpogʼiston, viloyatlar va Toshkent shahriga xizmat safarini amalga oshiradilar.
Senatorlar aholi, mahalliy Kengashlar deputatlari bilan boʼlib oʼtadigan uchrashuvlarda alohida eʼtiborni quyidagi masalalarga qaratadi:
Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga tushuntirish;
Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma sakkizinchi yalpi majlisida maʼqullangan qonunlar va koʼrib chiqilgan boshqa masalalarning mazmun-mohiyatini tushuntirish;
Senat, Senat Kengashi va qoʼmitalarining qarorlari ijrosini oʼrganish;
fuqarolardan Senatga kelib tushgan murojaatlarni joyida oʼrganish va ular yuzasidan uchrashuvlar oʼtkazish hamda bu borada amaliy yordam koʼrsatish.
Senat aʼzolari joylarda aholini qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash maqsadida aholi bilan bevosita muloqotlar ham olib boradi.






