Sermahsul muzokaralar yakunida, umumiy qiymati 1 milliard dollardan ziyod shartnomalar imzolandi

Kun yakunida xujjatlar imzolash marosimi bo'lib o'tdi va umuman, energetika, transport, avtomobilsozlik, elektrotexnika, tog‘-kon va yengil sanoat, fan, ta’lim, sport va boshqa sohalarni qamrab olgan jami 35 ta hujjat imzolandi.

Davlat rahbarlari tashrif arafasida o‘tkazilgan Hududlar forumi va Ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishining samarali yakunlarini, shuningdek, tashrif doirasida umumiy qiymati 1 milliard dollardan ziyod bo‘lgan shartnomalar va investitsiya kelishuvlarlari imzolanganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Prezident Emomali Rahmon, o‘z navbatida, agrar tarmoq, yengil, oziq-ovqat va tog‘-kon sanoatida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish tovar ayirboshlashning ko‘payishi va yangi ish o‘rinlarining yaratilishiga xizmat qilishini qayd etdi. U ta’lim va tibbiyot sohalarida, koronavirus pandemiyasiga qarshi birgalikda kurashishda sheriklik kengayib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

"Bugungi muzokaralar ko‘p asrlik do‘stlik, ishonch, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash borasida niyatimiz jiddiy va qat’iy ekanini yana bir bor namoyish etdi," - dedi so‘zining yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev.