Sessiyada Navoiy viloyatiga hokim tayinlash boʼyicha tashkiliy masala koʼrib chiqilmoqda

Prezident viloyat faollarining bildirgan fikrlari asosida Navoiy viloyati hokimi lavozimiga hokim vazifasini bajarib kelayotgan Normat Tursunov Toʼlqunovich nomzodini tavsiya etdi. Nomzodning hududni jadal rivojlantirish, aholiga munosib turmush sharoiti yaratish, mavjud muammolarni hal etish boʼyicha rejalarini eshitish taklif qilindi.
Nomzod viloyatda tadbirkorlik va xizmatlar sohasini rivojlantirish boʼyicha rejalarini aytdi.
Tadbirkorlikni rivojlantirish orqali kelgusi yilda 122 mingta ish oʼrni yaratish imkoni bor.
Shulardan kelib chiqib, Prezident mutasaddilarga:
kelgusi yilda 26 ta mahalliy sanoat markazi va kichik sanoat zonalarini tashkil etish;
oilaviy tadbirkorlik dasturlari uchun qoʼshimcha 100 milliard soʼm, kelgusi yilda 600 milliard soʼm yoʼnaltirish;
Nurota, Xatirchi va Navbahordagi boʼsh binolarda mono-markaz tashkil etib, kamida 5 ming yoshlarni zamonaviy kasblarga oʼqitish;
M-37 magistral yoʼlida 3,5 mingta servis obʼektlarini ishga tushirish;
Karmanadagi Mavlono Orif Deg-Garoniy majmuasini taʼmirlashga 15 milliard soʼm ajratish;
20 ta turizm mahallasida infratuzilmani yaxshilash boʼyicha 50 milliard soʼmlik loyihani 2023-yil davlat dasturiga kiritishga topshiriq berdi.






