Shahboz Sharif Pokistonning yangi Bosh vaziri etib saylandi

Pokiston parlamentida Bosh vazir lavozimiga ovoz berish o'tkazildi, unda Shahboz Sharif nomzodi ma'qullandi. Uning nomzodini 174 nafar deputat qo'llab-quvvatladi.

Ovoz berishda faqat muxolif partiyalar ishtirok etdi, chunki hokimiyatdan chetlashtirilgan Imron Xon boshchiligidagi hukmron «Pokiston adolat partiyasi» deputatlari jamoaviy iste'foga chiqishga qaror qilishdi.