Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Toshkentga keldi

2022-yil 13-may kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Chjan Min Toshkentga keldi.

Toshkent xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni O’zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Furqat Sidikov kutib oldi.

Chjan Minning mamlakatimizga tashrifi mobaynida O‘zbekistonning ShHTga raisligi doirasidagi tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.