Shanxay hududida qat'iy karantin e’lon qilindi

Xitoyning Shanxay shahrida koronavirus avj olishi sababli, oxirgi ikki yildagi eng kuchli karantin joriy etildi.
Shanxaydagi karantin tartibi ikki bosqichga bo'linadi. Birinchi bosqichda Shanxayning Pudong iqtisodiy rayoni va uning atrofidagi hududlar dushanbadan jumagacha yopiladi.
Ikkinchi bosqich juma kuni boshlanadi, Shanxayning markaziy qismi, unda Huangpu daryosining g'arbiy qismi karantin uchun yopiladi.
Ushbu davrda aholidan uyda qolish talab qilinadi, muhim hisoblanmagan ofislar va korxonalar yopiladi, jamoat transporti harakati to'xtatiladi. Shuningdek, karantin paytida shahar bo’ylab COVID-19 uchun ommaviy test sinovlari o'tkaziladi.






