Sharja yorug'lik festivali

BAAning madaniy poytaxti Sharjada joriy yilning 9-20 fevral kunlari mashhur “Sharjah Light Festival 2022” bo‘lib o‘tadi.
Ushbu festival Sharjada 10 yildan ortiq vaqtdan buyon o'tkaziladi va har yili minglab tomoshabinlarni o'ziga jalb qiladi.
“Sharjah Light Festival 2022” Sharja Savdo va turizmni rivojlantirish boshqarmasi tomonidan oʻtkaziladi. Amirlikning arxitektura yodgorliklari chiroqlar va ranglarning kaleydoskopi bilan yoritiladi.
Shou-dastur doirasida chiqishlar nafaqat yorug'lik, balki ovoz effektlari bilan ham aamalga oshiriladi. Festivalda energiya tejovchi yoritish texnologiyalaridan foydalaniladi, foydalanilgan barcha yorug‘lik manbalari va proyektorlar ekologik talablarga muvofiqligi sertifikatidan o‘tkazildi.
Sharja yorug'lik festivali amirlikning boy merosini ham namoyish etadi. Uni amalga oshirish uchun mamlakat hukumati mahalliy va xorijiy rassomlar, musiqachilar va yoritish texniklarini taklif qildi.






