Shavkat Mirziyoyev Afg'oniston masalasi bo'yicha Germaniya Kansleri bilan muloqot qildilar

Suhbat jarayonida Afg'onistondagi zo'ravonlik avj olishini oldini olish hamda va bu borada muntazam aloqalarni davom ettirish kelishib olindi.

Shuningdek, afg'on mo'jarosini siyosiy yo'l bilan tartibga solish xalqaro hamjamiyat tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalarida ikki mamlakatning pozitsiya va yondashuvlari mos ekani alohida ta’kidlandi.

Fuqarolarni Afg‘onistondan aviatsiya transportida O‘zbekiston hududi orqali tranzit yo‘li bilan Germaniyaga evakuatsiya qilish bo‘yicha gumanitar operatsiyalarni davom ettirilishi qayd etildi.