Shavkat Mirziyoyev Afg'onistondagi vaziyat bo'yicha Germaniya prezidenti bilan muloqot qildi

Prezidentlar mintaqaviy ahamiyatga ega dolzarb masalalar, ko'p qirrali O'zbekiston-Germaniya munosabatlarini rivojlantirish va Afg'onistondagi holatlar borasida teleaon orqali muloqot olib borishdi.

Afg‘on muammosining tinch yo‘l bilan hal etilishiga ko‘maklashish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni yaqindan muvofiqlashtirish hamda mintaqadagi vaziyat yuzasidan muntazam siyosiy maslahatlashuvlar olib borish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Afg‘onistondan Germaniya fuqarolarini evakuatsiya qilish masalalari bo‘yicha hamkorlik ham davom ettiriladi.