Shavkat Mirziyoyev Birinchi Prezidentimizni xotiraladi

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 30-yanvar kuni Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gulchambar qoʼydi.

Birinchi Prezidentimiz haqqiga Qurʼon oyatlari oʼqilib, duo qilindi. Islom Karimovning xalqimiz manfaati yoʼlida qilgan ishlari, mardlik, odillik, kamtarinlik hislatlari yodga olindi.

Shavkat Mirziyoyev davlat rahbari boʼlgan birinchi kundan Islom Karimovning ezgu ishlari davom ettirilishini aytgan edi, uning xotirasini abadiylashtirish boʼyicha qarorlar qabul qildi, maqbarasi barpo etildi. Birinchi Prezidentimiz tavallud topgan 30-yanvar kunini nishonlash anʼanaga aylandi.

Marosimda Oliy Majlis palatalari, Prezident Аdministratsiyasi va hukumat vakillari, ilm-fan va madaniyat namoyandalari, ziyolilar, shahar jamoatchiligi ishtirok etdi.

Islom Karimovning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qoʼyildi.

PS: 30-yanvar O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Karimov Islom Abdug'aniyevichning tavullud kunlari. (30.01.1938 – 02.09.2016)