Shavkat Mirziyoyev Eronning ShHTga kirishini ma’qulladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Ushbu xalqaro shartnoma Eron Islom Respublikasiga Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) a'zo davlat maqomini olishni nazarda tutadi.
Hujjatga muvofiq, "O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to'g'risida" gi Qonunning 22 – moddasiga muvofiq, 2022-yil 16-sentabrda Samarqandda imzolangan Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) a'zo davlat maqomini olish maqsadida Eron Islom Respublikasining majburiyatlari to'g'risida memorandum tasdiqlandi.
Tashqi ishlar vazirligiga SHHT kotibiyatiga O'zbekiston tomonidan ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur bo'lgan ichki tartib-taomillarning bajarilishi to'g'risida tegishli xabarnoma yuborish topshirildi.
Malumot uchun, Eron 2005-yilda ShHTda kuzatuvchi davlatga aylangan.
O‘tgan yilning 16-sentabr kuni Samarqandda Eronning ShHTga a’zo davlat maqomini olish uchun majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandum imzolangan bo‘lsa, 27-noyabrda milliy parlament Eronning tashkilotga kirishi to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qilgan edi.






