Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan uchrashdi

Ozarbayjon yetakchisi ertaga, 2-mart kuni mamlakat poytaxtida bo‘lib o‘tadigan Qo‘shilmaslik harakati sammitini qo‘llab-quvvatlagani va unda shaxsan ishtirok etayotgani uchun davlatimiz rahbariga samimiy minnatdorlik bildirdi.
Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon ushbu tuzilmaga samarali raislik qilayotganini alohida ta’kidladi.
Prezidentlar oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosining borishini batafsil ko‘rib chiqdilar.
O‘tgan yili ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash 50 foizdan ziyodga oshdi. Joriy yilning fevral oyida Toshkent shahrida o‘tgan birinchi Hududlar forumi doirasida qo‘shma Investitsiya fondini tashkil etish to‘g‘risida bitim imzolandi.
Shuningdek madaniy-gumanitar almashinuvni yanada kengaytirish muhimligi qayd etildi.






