Shavkat Mirziyoyev: O‘zbekiston va Qozog‘iston tabiiy iqtisodiy hamkorlar

6 dekabr kuni Oqo'rda qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston va Qozog‘iston davlat madhiyalari yangradi.
Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jomart To‘qayev faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini bir-biriga tanishtirdilar.
Samimiyat va ishonch ruhida o‘tgan uchrashuvda yetakchilar ko'p qirrali O‘zbekiston-Qozog‘iston sheriklik munosabatlariga oid keng ko‘lamli masalalarni, shy jumladan, siyosiy-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni ko'rib chiqdilar, xalqaro va mintaqa kun tartibi yuzasidan fikr almashdilar.
Qozog‘iston Prezidenti davlatimiz rahbarini tashrifi bilan qutlab, Prezident saylovida ishonchli g‘alaba qozongani bilan yana bir bor tabrikladi va kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi, ushbu uchrashuvning ahamiyatini alohida qayd etdi.
Davlat rahbari taklif uchun minnatdorlik bildirib, uchrashuv Qozog‘iston mustaqilligining 30 yilligi arafasida o‘tkazilganini ta’kidlab, O‘zbekiston xalqi nomidan qozoq xalqini ushbu qutlug‘ sana bilan samimiy tabrikladi, ularga tinchlik, farovonlik va yangi zafarlar tiladi.
Ta’kidlanganidek, bugungi kunda Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev Qosim-Jomart Tokayev rahnamoligida ulkan bunyodkorlik ishlarini davom ettirib, barqaror rivojlanish sari izchil qadam tashlamoqda.
O‘zbekiston rahbari ikki qardosh davlat o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Savdo-iqtisodiy hamkorlik rivojlanib borayotgani, bunda mamlakatlarimiz hududlari va tadbirkorlari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar muhim o‘rin tutayotgani ta’kidlandi.
O‘zbekiston Prezidentining tashrifi arafasida Turkiston shahrida Bosh vazirlar raisligida Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi va Hududlar forumi bo‘lib o‘tdi. Kuni kecha Qozog‘iston poytaxtida qo‘shma biznes-forum muvaffaqiyatli o'tkazildi. Ushbu tadbirlar natijasida jami 6 milliard dollarlik kelishuv va shartnomalar imzolandi.






