Shavkat Mirziyoyev SamDUga Sharof Rashidov nomini berishni taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev samarqandlik saylovchilar bilan uchrashuvda shu yerda ishlagan, respublika ilm-fan, taʼlim, madaniyat, adabiyot va sanʼat rivojiga beqiyos hissa qoʼshgan atoqli davlat va jamoat arbobi, taniqli adib Sharof Rashidov nomini berishni taklif qildi.

“Shuningdek, Samarqand tibbiyot institutiga universitet maqomini berish haqida alohida qaror qabul qilsak, oʼylaymanki, ushbu yirik oliygohning mavjud salohiyati va kelgusi rivoji uchun yanada puxta zamin yaratgan boʼlamiz” – dedi Mirziyoyev.