Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga tashrif buyuradi

Joriy yilning 17-18-avgust kunlari Oʻzbekiston Prezidenti Ikki Muqaddas masjid xodimi, Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Saudiya Arabistoniga boradi.

Bu haqda uning matbuot kotibi Sherzod Asadov dushanba kungi brifingda maʼlum qildi. «Bu oxirgi 30 yil ichida davlat rahbarining ilk tashrifi», - dedi u.

Qolaversa, Shavkat Mirziyoyev Makkai Mukarrama va Madinai Munavvarani ziyorat qiladi.