Shavkat Mirziyoyev Serdar Berdimuhamedovga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.

O‘zbekiston Prezidenti Turkmaniston Prezidentiga og‘ir judolikka uchragani –buvisi, hurmatli Ogulabat edje Berdimuhamedova hayotdan ko‘z yumgani munosabati bilan chin dildan hamdardlik bildirdi.

Suhbatda O‘zbekiston-Turkmaniston strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda oliy darajadagi kelishuvlarga muvofiq amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Davlat rahbarlari bo‘lajak tadbirlar rejasini ham muhokama qilib, bir-birini yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayiti bilan qutladi, ezgu tilaklar bildirdi.