Shaxmat bo‘yicha Osiyo chempionati g‘oliblari taqdirlandi

15-23-iyun kunlari Maldiv Respublikasida shaxmat bo‘yicha 8 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida G‘arbiy Osiyo chempionati o'tkazilgan edi. Bugun poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
O'zbekiston Yoshlar ishlari agentligi rahbari Alisher Sa’dullayev g‘oliblarga munosib mukofotlarni topshirdi.
Tadbir davomida, shuningdek, 44-shaxmat olimpiadasi Xalqaro federatsiya tomonidan tashkil etilayotgani hamda ochiq va xotin-qizlar o‘rtasidagi turnirlar, shaxmatni ommalashtirishga qaratilgan tadbirlarni o‘z ichiga olgani haqida ham so‘z yuritildi.
Shu tariqa, 15-mart kuni Xalqaro shaxmat federatsiyasi Hindistonning Chennay shahri turnirning yangi o‘tkaziladigan joyiga aylanishi ma’lum qilindi. U 2022-yil 28-iyuldan 8-avgustga qadar davom etishi rejalashtirilgan.
Taqdirlash marosimidan so‘ng matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi va unda intellektual o‘yinlarni rivojlantirish bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama qilindi.
P.S. Nufuzli Gʻarbiy Osiyo chempionati bahslarida o‘zbekistonlik shaxmatchilar 10 ta oltin, 8 ta kumush va 5 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladi.






