Shaxmat olimpiadasi g’oliblari davlat mukofotlarini shaxsan Prezidentimizdan qabul qilib oldilar

Bugun, 30-avgust kuni Ko‘ksaroyda Mustaqillikning 31 yilligi munosabati bilan mukofotlangan o‘zbekistonliklarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, taqdirlangan o‘zbekistonliklarga o‘z mukofotlarini topshirdi.

Marosimda ishtirok etgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasi g‘olibi, “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni sohibi Jahongir Vohidov davlat mukofotini shaxsan Prezidentimizdan qabul qilib oldi.

Eslatib o‘tamiz, Jahongir Vohidov, shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi. O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi hal qiluvchi turda Niderlandiyaga qarshi bahs olib borib, 2,5:1,5 hisobida g‘alaba qozongan edi. Mazkur g‘alaba orqali O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi oltin medal masalasini hal qilgan va o‘z tarixida ilk bor Olimpiada chempioniga aylangandi.