Shayxontohur tumanida mahallani obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda

Shayxontohur tumanidagi Olim Xo'jaev nomli mahalla arxitektura qiyofasini yangilash va obod qilish maqsadida "Obod mahalla" dasturi tuzilgan.

Buning uchun shu kungacha 5 180,0 million so'm mablag 'ajratildi. Shundan 2430,0 million so'm respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan, 2 million 750 million so'm mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan yo'naltirilgan.

Bajarilgan ishlardan quyidagilarni ta'kidlash kerak:
- 2 ta bolalar maydonchasi barpo qilindi va amaldagi 2 tasi esa taʼmirdan chiqarilib, qayta jihozlandi;
- ko'chalar asfalt qilindi (3 km 200 metr);
- elektr simlari almashtirildi;
- 75-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti qayta qurildi;
- bolalar bog'chasi zamonaviy talablarga moslashtirildi, natijada ta'lim muassasasining quvvati 80 o'rnidan 120 o'ringa yetkazildi;
- 40 ta ko'p qavatli uylarning fasadlari ta'mirlandi;
- 2 ta transformator ta'mirlandi;
- hududni obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish uchun 5000 tup gul ko'chatlari o'tqazildi;
- 100 tonna chiqindilar chiqarildi;
- "Oqtepa" mavzesidagi barcha daraxtlarga shakl berildi.

Bundan tashqari, mahallani obodonlashtirish bo'yicha ishlar bugungi kungacha davom etmoqda.